Ramos APL chempioniga kerak emas

  • 18 iyun, 2021, 10:53
  • 0
  • Futbol

Kecha “Real”dan ketgan tajribali himoyachi Serxio Ramos faoliyatini "Manchester Siti"da davom ettirmaydi.

Manchester Evening News nashri tarqatgan xabarga qaraganda, "shaharliklar" 35 yoshli ispaniyalik futbolchi bilan shartnoma imzolamoqchi emas. Boisi “Siti” rahbariyati jamoaning boshqa chiziqlarini kuchaytirishga e’tibor qaratmoqchi.

“Real” bilan shartnomasi yakunlangan va erkin agentga aylangan Ramos yangi jamoasida yiliga 12 million evro maosh olmoqchi.

Ramos “qirollik klubi”da 2005 yildan buyon to‘p surib kelayotgan edi. U 2020/21 yilgi mavsumda jarohati sababli ko‘plab o‘yinlarni o‘tkazib yubordi. Serxio o‘tgan mavsum 15ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!