Ramos va "Barselona"ning 5 nafar futbolchisi Tokio Olimpiadasida ishtirok etishi mumkin

  • 6 mart, 2020, 11:19
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Ispaniya futbol federatsiyasi Tokio-2020 yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etuvchi terma jamoasining kengaytirilgan tarkibini e’lon qildi.

Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra ushbu tarkibga "Real" sardori Serxio Ramos hamda "Barselona"ning 5 nafar futbolchisi - Jerar Pike, Serxio Buskets, Jordi Alba, Ansu Fati va Serxi Robertolar kiritilishgan.

Ma’lumot uchun, Olimpiada o‘yinlarida har bir terma jamoa 23 yoshdan yuqori bo‘lgan 3 nafar futbolchini tarkibga jalb etishi mumkin.

Tokio-2020ning futbol musobaqasi joriy yilning 22 iyulidan 8 avgustiga qadar davom etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!