
Ramos "Bavariya"ga o‘tishi mumkin
Myunxenning "Bavariya" klubi “Real”dan ketgan himoyachi Serxio Ramosning xizmatlariga jiddiy qiziqish bildira boshladi. Bu haqda ESPN nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, nemis grandi ispaniyalik tajribali futbolchini joriy yozgi transferlar davridayoq tarkibga qo‘shib olmoqchi. Ramos "Bavariya"dan ketgan David Alabva va Jerom Boatengning o‘rnini egallashi mumkin
Ammo nemis tili bo‘yicha Ramosning bilimi yo‘qligi ushbu transferga yagona to‘siq bo‘lishi mumkin.
35 yoshli Ramosning "Real" bilan shartnomasi yakunlangan va shu sababli u yangi jamoasiga erkin agent sifatida tekinga ko‘chib o‘tadi.
Fikrlar