Ramos MLS klubi bilan muzokaralarni boshladi

  • 15 may, 2024, 01:22
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Mavsum so‘nggida "Sevilya" bilan shartnomasi o‘z nihoyasiga etadigan Serxio Ramos Evropani tark etishi mumkin. Unga MLSning "San Diego" klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda, deya xabar berdi "The Athletic" nashri. 

Tecno

Manbaning ta’kidlashicha, 37 yoshli himoyachi Amerika jamoasi bilan muzokaralarni boshlab yubordi, lekin hali rozilik bergani yo‘q. Tez orada uning kelajagi aniq bo‘ladi. 

Ushbu mavsum "Sevilya" tarkibida 37 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta golda ishtirok etishga ulgurgan Ramos Ispaniyada qolishni rejalashtirmayapti. Shuningdek, unga MLSdan tashqari Saudiyadan ham qiziqishlar bor. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!