Ramos "Real"dan ketadi, agar...

  • 26.12.2018 12:49
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabaringiz bor bundan avvalroq Joze Mourino yana "Real"ga qaytishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Mundo Deportivo tarqatgan xabarga ko‘ra agar portugaliyalik mutaxassis jamoa boshqaruviga qaytadigan bo‘lsa, u holda "qirollik klubi" sardori Serxio Ramos jamoadan ketadi. U bu haqda klub rahbariyatini ham ogohlantirgan.

Eslatib o‘tamiz, Mourinoning qaytishini asosan klub prezidenti Florentino Peres xohlamoqda.

Ma’lumot uchun, 55 yoshli Mourino 2010-2013 yillarda “Real”ni boshqargan va Ispaniya chempionligi, Ispaniya kubogi va Superkubogini qo‘lga kiritgan.

Ramos esa 2005 yildan buyon “Real” safida to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida 400dan ortiq o‘yinda maydonga tushdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!