
Ramos "Sevilya"ga o‘tish uchun millionlardan voz kechgan!
Ispaniyalik futbolchi Serxio Ramos tez orada "Sevilya" bilan rasmiy shartnoma imzolaydi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano ham xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, himoyachi ispan klubiga o‘tish uchun Saudiya Arabistonining "Al-Ittihod" va Turkiyaning "Galatasaroy" klublaridan kelgan takliflarni ham rad etgan.
Saudiyaliklar Ramosga yillik 20 million, turkiyaliklar esa 11 million evro maosh taklif qilgan. Ammo Serxio "Sevilya" variantini ma’qul ko‘rgan. Ma’lumot o‘rnida, ispan andalusiyaliklar safida atigi 1 million evro maosh olishi aytilmoqda.
Fikrlar