Ramos yig‘lab yubordi (video)

  • 17 iyun, 2021, 21:37
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Real" himoyachisi Serxio Ramos jamoadan ketishdan oldin tashkil etilgan xayrlashuv matbuot anjumanida o‘z hissiyotlarini jilovlay olmadi. Tadbir davomida futbolchi ko‘z yoshlarini to‘kdi.

“Bir kun men bu erga qaytaman, bunga aminman. "Real"ga katta rahmat aytmoqchiman. U yuragimda abadiy qoladi”, - dedi ispaniyalik futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, 35 yoshli Ramos "Real"da 2005 yildan buyon o‘ynab kelmoqda. U “qirollik klubi” tarkibida Ispaniyaning besh karra chempioni bo‘ldi, to‘rt marta mamlakat Superkubogi, Chempionlar Ligasi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionligini yutdi, ikki marta Ispaniya kubogi va uch marta UEFA Superkubogini qo‘lga kiritdi.

Ramos “Real” bilan shartnomasi yakunlangani bois erkin agent sifatida tark etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
SattorovXayriddin
17/06/2021 22:01
Djejdjjd