
Ramosga o‘rinbosar topildi
PSJ Ramosga o‘rinbosar topdi.
PSJ markaziy himoyada Serxio Ramosni o‘rnini uzoq muddatga bosa oladigan futbolchi qidirmoqda. "TodoFichajes" nashri xabariga ko‘ra, Liga 1 giganti "Nyukasl" futbolchisi Sven Botmanga ko‘z tikkan. Manbaga ko‘ra, parijliklar 23 yoshli niderlandiyalik futbolchining transferi uchun 60 million evro sarflashga tayyor.
Botman o‘tgan yozda "Lill"dan APL jamoasiga o‘tgan edi. O‘shandan beri himoyachi ingliz jamoasi safida 30 ta rasmiy o‘yin o‘tkazdi.
Eslatib o‘tamiz, "Nyukasl" hozirda premer-liga turnir jadvalida oltinchi o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar