Ramosning PSJdagi debyutiga oz qoldi...

  • 18 noyabr, 2021, 21:28
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

PSJ klubi himoyachisi Serxio Ramos Frantsiya chempionatining 14-turidan o‘rin olgan “Nant”ga qarshi uchrashuvda maydonga tushishi mumkin. Bu haqda L’Equipe nashri xabar tarqatmoqda.

Aytish lozimki, agar 34 yoshli ispaniyalik futbolchi ushbu bahsda ishtirok etsa, bu uning uchun PSJ safidagi debyut o‘yiniga aylanadi.

Eslatib o‘tamiz, Ramos PSJ safiga joriy yozgi transferlar davrida “Real”dan erkin agent sifatida kelib qo‘shilgan edi. Biroq tizzasi va mushaklaridagi jarohatlar tufayli uning debyuti ancha ortda surilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!