Ramushni tanlasang adashmaysan

  • 7 dekabr, 2022, 09:52
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Goncalu Ramush kecha tunda Shveytsariyaga qarshi o‘yinda (6:1) uchta gol urishga muvaffaq bo‘ldi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Bu natija Ramushga JCh-2022 fentezi turniri uchun 17 ochko keltirdi: har bir gol uchun to‘rt ochko, samarali uzatma uchun uch ball, maydonda 60 daqiqa o‘ynagani uchun yana ikki ochko.

Bu shu paytgacha bo‘lib o‘tgan 56 uchrashuv bo‘yicha hisoblaganda eng yaxshi natijadir. Bungacha ushbu jamoa yarim himoyachisi Bruno Fernandesh (Portugaliya, Urugvayga qarshi bahsda dubl), niderlandiyalik himoyachi Denzel Dyumfris (AQShga qarshi o‘yinda 1+2) va hujumchi Kilian Mbappe (Frantsiya — Polsha 2+1) 14 ochko jamg‘arishgan edi.

Eslatib o‘tamiz, chorak final bahslari 9—10 dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!