Raneri: Men pulni emas, motivatsiyani afzal ko‘raman

  • 29 avgust, 2023, 21:32
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Klaudino Raneri Saudiya Arabistoni taklifini qabul qilmasligini aytdi. 

Avvalroq, shu yilning yozida Italiya terma jamaosi murabbiyligidan ketgan Roberto Manchini Saudiya Arabistoni terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlangandi. Xabar qilinishicha, Manchini 2026 yilgacha amal qiladigan shartnomasida yillik 20 million evro maosh oladi. 

"To‘g‘risini aytsam, men bunday qilmagan bo‘lardim. Men pulni emas, balki motivatsiyani afzal ko‘raman. 

Men allaqachon aytgan edim. "Kalyari" faoliyatimdagi so‘nggi klub bo‘ladi. Shu erda boshlash va tugatish juda yoqimli. Agar meni qiziqtiradigan jamoa bo‘lsa, bu variantni ko‘rib chiqaman", - dedi Raneri "DAZN" nashriga. 



Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!