
Rangnik: Ronalduning bir o‘zidan jamoa muhim!
Angliya premer-ligasining 17-turidagi kechiktirilgan uchrashuvda “Manchester Yunayted” safarda “Brentford” ustidan 3:1 hisobida zafar quchdi. Bellashuvning 71-daqiqasida zaxiraga olingan Krishtianu Ronaldu bosh murabbiyga bu qarorda norozi ekanini ochiq ko‘rsatdi.
Ralf Rangnik uchrashuvdan keyin bu vaziyatga izoh berdi.
- Krishtianu o‘yinda qatnashganidan xursandman. Menga “Aston Villa” bilan o‘yindan to‘g‘ri xulosa chiqarish kerakligini, o‘shanda besh himoyachi bilan o‘ynash taktikasiga o‘tmaganimdan afsusda ekanimni aytdim.
Ronaldu 36 yoshda, shunga qaramay, ajoyib formada. Lekin qachonki bosh murabbiy bo‘lsa, bu vaziyatga boshqa tomondan qarashni o‘rganadi. Mening vazifam jamoa manfaatidan kelib chiqib, qaror qabul qilishdan iborat, u buni yaxshilab tushinib etishi kerak, - dedi Ralf Rangnik.
Fikrlar