Raqib darvozasiga javobsiz 5 ta gol urgan "Borussiya" Dortmund Germaniya kubogi finaliga chiqdi (video)
Germaniya kubogining yarim finalida “Borussiya” Dortmund o‘z maydonida “Xolshteyn Kiel” klubiga qarshi bahs olib bordi.
“Signal Iduna Park”da kechgan bellashuv 5:0 hisobida maydon egalarining mutlaq g‘alabasi bilan yakunlandi. Shu kuni gollarga Jovanni Reyna (16', 23'), Marko Roys (26'), Torgan Azar (32') va Jud Bellingem (41') mualliflik qildi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:

Fikrlar