
Rasman! 2022 yil O‘zbekistonning eng yaxshi yosh o‘yinchisi nomiga da’vogarlik qilgan futbolchi "Dinamo" futbolchisiga aylandi
"Dinamo" klubi Superliganing eng iqtidorli va umidli o‘yinchilaridan birini o‘z safiga qo‘shib olganini mamnuniyat bilan ma’lum qiladi.
Toshkentda o‘tayotgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida jamoa ko‘rigida qatnashgan Xislat Xalilov "Dinamo" bilan 2 yillik shartnoma imzoladi.
20 yoshli yarimhimoyachi o‘tgan ikki mavsumni "So‘g‘diyona" safida o‘tkazib, Superligada jami 25 o‘yinda 3ta golga, O‘zbekiston kubogida 5 o‘yinda 2ta golga mualliflik qildi.
Xislat Xalilov 2022 yil O‘zbekistonning eng yaxshi yosh o‘yinchisi nomiga da’vogarlik qilgan va yakunda bu boradagi raqobatchisi Abbosbek Fayzullaev bu sovrinni qo‘lga kiritgandi.
Fikrlar