Rasman adolat qaror topdi! Erkak bokschiga qarshi jang qilgan Navbahor jahon chempionatida sovrindor bo‘ldi

  • 26 mart, 2023, 21:04
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 2
  • Boks
CHERY AUTO

Hindiston poytaxti Nyu-Deli shahrida ayollar boksi bo‘yicha jahon chempionati o‘z yakuniga etdi. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Navbahor Hamidova bronza medali bilan taqdirlandi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

Tecno

-66 kg vazn toifasida ishtirok etgan hamyurtimiz chorak finalda jazoirlik Imane Xelifga imkoniyatni boy bergan edi. Biroq keyinchalik jazoirlik bokschi diskvalifikatsiya qilindi va uning o‘rniga Hamidova yarim finalchi sifatida qayd etildi. Aytish kerakki, bundan avvalroq Jazoir vakili aslida erkak jinsiga mansub ekanligi haqida ma’lumotlar tarqalgan edi.

Shu tariqa, bokschi qizlarimiz ketma-ket ikkinchi bor dunyo birinchiligini medal bilan yakunlashmoqda. Eslatib o‘tamiz, bundan avval Turkiyada o‘tgan JChda hamyurtlarimiz 2 ta bronza medaliga sazovor bo‘lishgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Суюнов Шерзод
27/03/2023 12:53
Тушунарсиз холат, шунча одам, ташкилотчилар, мураббийлар, ундан ташқари доктор кўригидан ўтган, қандай қилиб у хизалакни урғочи эмаслигини билмаган
Бахтийор Бобойиб
26/03/2023 22:33
Балким чемпион буларди