
Rasman! "Andijon" bir vaqtning o‘zida 3 ta transferni e’lon qildi
Superliga yangi mavsumida ishtirok etish vazifasini uddalagan "Andijon" o‘z tarkibini kuchaytirishda davom etmoqda. Jamoa bu safar bir vaqtning o‘zida 3 futbolchi bilan shartnoma imzolanganini e’lon qildi.
"Yangi mavsumga jiddiy tayyorgarlik ko‘rayotgan "Andijon" jamoamiz tarkibni kuchaytirishda davom etmoqda. Mashg‘ulotlarda ishtirok etayotgan futbolchi Sunnatilla Mamadaliev bilan klub rahbariyati va murabbiylar shtabi shartnoma imzolashga qaror qildi. Sunnatilla Mamadaliev uchun "Andijon" begona emas, u 2018 yilgi Pro liga bahslarida jamoamiz sharafini himoya qilgan va chempionlikka katta hissasini qo‘shgan. O‘tgan mavsumda "Oq-tepa" jamoasida to‘p surgan Mamadaliev yangi mavsumda jamoamiz sharafini himoya qiladigan bo‘ldi.
Faoliyatini AGMK jamoasida boshlagan Kamron Saidazimov o‘tgan mavsumda "Lokomotiv" sharafini himoya qildi. 21 yoshli futbolchi bilan "Andijon" jamoamiz rasmiy shartnomaga imzo chekdi. Kamron Saidazimov 2021 yilgi mavsumda jamoamiz sharafini himoya qiladi.
"Dinamo" jamoasidagi o‘yinlari bilan muxlislarni mehrini qozongan Mirkomil Lokaev bilan shartnoma imzolandi. Umid qilamizki, 25 yoshli himoyachi yangi mavsumda chiroyli o‘yini bilan muxlislar mexrini qozonadi va jamoamiz bilan yuksak marralarga erishadi",-deya yozdi klub matbuot xizmati.
".
Fikrlar