
Rasman! APLni yana bir klub tark etdi
Angliya premer-ligasini tark etgan yana bir klub nomi aniq bo‘ldi. "Vest Bromvich" yangi mavsumni Chempionshipda boshlaydi.
“Vest Bromvich” kecha APLning 35-turida “Arsenal”ga imkoniyatni boy berdi va mavsum yakuniga qadar xavfli zonani tark etish imkoniyatini butunlay yo‘qotdi. E’tiborlisi, "Vest Bromvich" ustozi Sem Ellardays murabbiylik faoliyatida ilk bor premer-ligadan tushib ketdi.
Bundan avvalroq, "Sheffild Yunayted" ham APLni tark etgani ma’lum bo‘lgan edi. Ushbu jamoa hisobida bor yo‘g‘i 17 ochko bor.
Chempionshipdan premer-ligaga "Norvich" hamda "Uotford" klublari yo‘l oldi. Yana bir jamoa esa pley-off uchrashuvi orqali ushbu masalani hal qilishi mumkin.
Fikrlar