
Rasman! "Arsenal" "Benfika" futbolchisini xarid qildi
Londonning "Arsenal" klubi o‘zining rasmiy sayti orqali "Benfika" himoyachisi Nunu Tavareshning transferini e’lon qildi.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 21 yoshli futbolchi “kanonirlar”ga 8 million evroga tushgan. Bundan tashqari kelishuvda qo‘shimcha bonuslar ham ko‘zda tutilgan.
"Arsenal" portugaliyalik futbolchi bilan uzoq yillik shartnoma imzoladi. Ammo hozircha ushbu shartnoma muddati aniq e’lon qilinmayapti.
Tavaresh "Arsenal"da 20-raqamni tanladi.
Nunu Tavaresh “Benfika”ning asosiy jamoasida 2019 yilda debyut qilgan va shu kungacha 25 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan.
Fikrlar