Rasman! "Arsenal" Shotlandiya terma jamoasi himoyachisi bilan shartnoma imzoladi

  • 8 avgust, 2019, 21:32
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Shotlandiyaning "Seltik" klubi himoyachisi Kiran Tirni faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettiradigan bo‘ldi.

Tecno

22 yoshli shotlandiyalik futbolchi "Arsenal" bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda. U "kanonirlar" safida 3-raqamda to‘p suradi.

Tirnining transferi "Arsenal"ga 30 mln evroga tushgani aytilmoqda.

Ma’lumot uchun, Tirni “Seltik” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U asosiy jamoada shu kungacha 170ta o‘yinda ishtirok etdi va 8ta gol hamda 37ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi. Shotlandiya terma jamoasi safida esa 12ta o‘yin o‘tkazgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!