Rasman! "Atletiko" "Benfika" safida birorta o‘yinda ishtirok etmagan serbiyalik hujumchini sotib oldi
Lissabonning "Benfika" klubi forvardi Ivan Shaponich "Atletiko"ga ko‘chib o‘tdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
Biroq, hozircha 21 yoshli serbiyalik futbolchining transfer narxi oshkor etilmayapti. Uning o‘zi esa yangi jamoasi bilan 2022 yilga qadar shartnoma imzolagan.
Ma’lumot uchun, Shaponich asli “Partizan” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U “Benfika” safida 2016 yildan buyon to‘p surib kelayotgan edi. Biroq, u lissabonliklar safida birorta ham o‘yinda ishtirok etmadi. Portugaliya grandi uni "Zyulte-Varegema" klubiga ijaraga berib yuborishgan edi.

Fikrlar