Rasman! "Atletiko" uy stadionining nomi o‘zgardi

  • 19 iyul, 2022, 20:53
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Atletiko" klubi o‘z uy stadioni nomini sotdi. Ilgari "Wanda Metropolitano" deb nomlangan arena "Civitas Metropolitano" deb o‘zgartirildi.

Tecno

Ispaniya klubining yangi hamkori Civitas Pacensis ko‘chmas mulk agentligi bo‘lib, u "Atletiko"ga yiliga 10 million evro to‘laydi. Wanda Group bilan tuzilgan shartnoma esa o‘tgan mavsumda yakuniga etgan.

“Atletiko” o‘tgan mavsum La Ligada 3-o‘rinni egalladi va UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Barselona” ham o‘z uy stadioni nomini sotgan edi. "Kamp Nou" stadioni endi "Kamp Nou Spotify " deb nomlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!