
Rasman! "Ayaks" o‘z tarixidagi eng qimmat transferni amalga oshirdi
"Ayaks" o‘zining rasmiy saytida "Vest Xem" forvardi Sebastyan Allerni sotib olganini e’lon qildi.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 26 yoshli futbolchining transferi amsterdamliklarga 22,5 mln evroga tushgan. Ta’kidlash kerakki, Aller shu tariqa, “Ayaks” tarixidagi eng qimmat transferga aylandi. Tomonlar 2025 yilga qadar shartnoma imzoladi.
Aller “Vest Xem” safida 2019 yildan buyon to‘p surib kelayotgan edi. U o‘tgan davr mobaynida 53 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 14 ta gol hamda 3 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi. U endi “Ayaks”da 22-raqamda to‘p suradi.
Fikrlar