
Rasman! "Ayaks" to‘purar hujumchisi bilan shartnomani uzaytirdi
Amsterdamning "Ayaks" klubi o‘zining rasmiy sayti orqali hujumchi Dushan Tadich bilan amaldagi shartnomani uzaytirganini e’lon qildi.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, tomonlar 2024 yilning yoziga qadar tuzilgan shartnomaga imzo chekishgan.
Bundan avvalroq 32 yoshli serbiyalik futbolchiga "Milan" jiddiy qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Tadich "Ayaks" safida 2018 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan 3 mavsum davomida jami 149 ta o‘yinda maydonga tushdi va 76 ta gol hamda 70 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar