
Rasman! "Barselona" sobiq murabbiyi La Liga jamoasini boshqaradi
"Barselona" sobiq bosh murabbiyi Ernesto Valverde "Atletik"ni boshqaradi.
Bugun kunning ikkinchi yarmida 58 yoshli mutaxassis bilbaoliklar bosh murabbiyi sifatida tanishtirildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Ernesto uchinchi marotaba bask klubini boshqaradi. Bungacha u "Atletik" bilan 2003-2005 va 2013-2017 yillarda ishlagan. Ernesto jamoa boshchiligidagi o‘yinlar soni bo‘yicha jamoa rekordiga ega - 306. Uning qo‘l ostida Bilbao klubi 5 mavsumda 5 marotaba evrokuboklarda ishtirok etgan.
Fikrlar