
Rasman! "Barselona"ning sobiq futbolchisi La Liga klubi bilan shartnoma imzoladi
"Real Sosedad" klubi "Pari Sen-Jermen"ning braziliyalik yarim himoyachisi Rafinya Alkantara bidan shartnoma imzolaganini e’lon qildi.
Ta’kidlash kerakki, ispan klubi 28 yoshli futbolchini keyinchalik sotib olish huquqi bilan yarim yilga ijaraga oldi.
Rafinya joriy mavsum Frantsiya chempionatida jami 5 ta o‘yinda maydonga tushdi xolos.
Eslatib o‘tamiz, Rafinya Alkantara uchun La Liga begona emas. U bundan avval “Selta” va “Barselona” klublarida ham to‘p surgan.
Fikrlar