
Rasman! "Bornmut" bosh murabbiyi bilan shartnomani uzaytirdi
Rasman "Bornmut" bosh murabbiyi Andoni Iraola jamoa bilan tuzgan shartnomasini 2026 yilnig yoziga qadar uzaytirdi.
41 yoshli Iraola 2023-yilning iyun oyida ikki yillik shartnoma asosida “Bornmut”ni qabul qilib olganidan keyin klubdagi holatni yaxshilay oldi.
"Yangi shartnoma imzolaganimdan juda xursandman. Bu har ikki tomonning ishonchini yanada oshirishdir", dedi ispaniyalik mutaxassis bitimni yangilaganidan keyin.
Andoni o‘tgan yozda sobiq bosh murabbiyi Gari O‘nil iste’foga chiqarilganidan keyin Ispaniyaning "Rayo Valekano" jamoasidan "Bornmut"ga kelgandi. Uning ingliz oliy ligasidagi hayoti qiyin kechdi va "olchalar" dastlabki to‘qqizta o‘yindan atigi uch ochkoni qo‘lga kiritdilar.
Iraola "Byornli", "Luton" va "Everton"ga qarshi g‘alabalardan so‘ng mart oyining eng yaxshi murabbiyi deb topildi va u Premer-ligada mavsumning eng yaxshi murabbiyi nomiga ham nomzod bo‘ldi.
Fikrlar