Rasman! "Borussiya" Dortmund "Real" futbolchisini 2 yilga ijaraga oldi

  • 19.08.2020 17:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Real” o‘zining rasmiy saytida yarim himoyachi Reynerni “Borussiya” Dortmundga ko‘chib o‘tganini tasdiqladi.

“Qirollik klubi” safiga joriy yilning yanvarida “Flamengo”dan kelib qo‘shilgan 18 yoshli braziliyalik futbolchi nemis klubiga 2 yilga ijaraga berildi. Aytish kerakki, uning madridliklar bilan amaldagi shartnomasi esa 2026 yilga qadar imzolangan.

Reyner Braziliya yoshlar terma jamoasida 6 ta o‘yin o‘tkazgan va 1 ta gol urishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!