
Rasman! "Bunyodkor" Murod Xolmuhamedov va 2 nafar legioner bilan yil oxirigacha shartnoma tuzdi
Bunyodkor 8 nafar yangi futbolchini o‘z safiga qo‘shib oldi. Bu haqda PFL bosh direktorining sport ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Diyor Imomxo‘jaev telegramdagi sahifasida ma’lum qildi.
Shartnomalarning hammasi 1 yilga mo‘ljallangan bo‘lib, ular 2020 yilning dekabrida o‘z kuchini yo‘qotadi. Futbolchilarning ikki nafari Tojikiston va Turkmaniston fuqarolari hisoblanadi. Yana uch nafari esa yil so‘ngiga qadar ijara asosida Bunyodkor sharafini himoya qiladi. Quyida futbolchilar bilan tanishib olishingiz mumkin. Qavs ichida shartnomaning tugash muddatlari ko‘rsatilgan, keyingi qatorda esa futbolchining qaerdan kelayotgani bor, oldinda har bir futbolchi to‘p suradigan futbolka raqami.
Yangi futbolchilar:
4 Davron Ergashev (2020, dekabr) Tojikiston
21 G‘ulom-Haydar G‘ulomov (2020, dekabr) AGMK
24 Bahodir Pardaev (2020, dekabr) Metallurg
71 Sarvar Karimov (2020, dekabr) Qo‘qon-1912
77 Selim Nurmuradov (2020, dekabr) Turkmaniston
Ijaradagi futbolchilar:
22 Sardor Abduraimov (2020, dekabr) Mash’al
70 Murod Xolmuhamedov (2020, dekabr) Qo‘qon-1912
92 Humoyun Murtazoev (2020, dekabr) Mash’al
Shartnomasini uzaytirgan futbolchilar:
6 Anvar G‘ofurov (2020, dekabr)
10 Xurshid G‘iyosov (2020, dekabr)
13 Lutfulla To‘raev (2020, dekabr)
Fikrlar