
Rasman: "Chelsi" "Yuventus"dan futbolchi xarid qildi (foto)
"Chelsi" shveytsariyalik "Yuventus" yarim himoyachisi Denis Zakariya bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi.
Qayd etilishicha, tomonlar joriy mavsum oxirigacha sotib olish sharti bilan ijara borasida kelishuvga erishgan.
"Men barcha "Chelsi" muxlislariga salom yo‘llamoqchiman. Londonliklar safida o‘ynashimdan juda xursandman va faxrlanaman. Sizlarni "Stemford Brij"da ko‘rishni sabrsizlik bilan kutyapman", - deya Zakariyaning so‘zlarini keltirdi London klubi matbuot xizmati.
Fikrlar