
Rasman! David Alaba "Real" futbolchisiga aylandi
"Real" o‘zining rasmiy sayti orqali "Bavariya"ning sobiq himoyachisi David Alaba bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi.
28 yoshli avstriyalik futbolchi madridliklar safiga erkin agent sifatida kelib qo‘shildi. Alaba “Real” bilan 2026 yilga qadar shartnoma imzolagani aytilmoqda.
Bundan avvalroq Alaba “qirollik klubi”da soliqlardan tashqari yiliga 12 million evro maosh olishi haqida xabarlar tarqalgan edi.
David Alaba yakunlangan mavsum “Bavariya” safida jami 44 ta o‘yin o‘tkazdi. U ushbu uchrashuvlarda 2 ta golga mualliflik qildi.
Fikrlar