
Rasman! Davron Fayziev iste’foga chiqarildi
"Qo‘qon-1912" jamoasi rahbariyati Davron Fayzievning iste’foni qabul qildi.
"Qo‘qon-1912" jamoasining murabbiylar shtabida o‘zgarish bo‘ldi. Shu kunga qadar jamoani bosh murabbiy sifatida boshqarib kelgan Davron Fayziev "Lokomotiv"ga qarshi uchrashuvdan so‘ng matbuot anjumanida rahbariyatdan iste’fo so‘ragandi. Shundan so‘ng "Qo‘qon-1912" klubi rahbariyati Davron Fayziev iste’foni qabul qildi. Shu tariqa, qo‘qonliklar va Davron Fayziev o‘rtasidagi bitim har ikki tomonning roziligiga ko‘ra bekor qilindi. Shuningdek, Davron Fayzievning murabbiylik shtabida ishlagan Shavkat Abduxo‘jaev va Hislat Chilmatov bilan ham ikki tomonlama shartnoma bekor qilindi.
Muborakning "Mash’al" jamoasiga qarshi O‘zbekiston kubogining ikkinchi turiga jamoani Rahmatjon Inog‘omov va Andrey Baklanov tayyorlaydi.
"Qo‘qon-1912" jamoasi rahbariyati bir nechta tajribali murabbiylar bilan muzorakarlarga kirishgan. Yaqin orada yangi bosh murabbiy nomi rasman e’lon qilinadi.
Fikrlar