Rasman: Demir Imeri "Andijon" futbolchisi!

  • 11 fevral, 2024, 18:28
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Andijon” klubi yangi mavsum uchun tayyorgarligi jarayonida selektsiyada ham rejalashtirilgan ishlarni olib bormoqda. Nihoyat, muxlislarni qiziqtirgan yangiliklarga ham etib kelmoqdamiz. Jamoa safi bir qator yangi futbolchilar bilan to‘ldirilmoqda.

Jumladan, Antaliyadagi yig‘inda “Andijon” tarkibiga qo‘shilgan makedoniyalik Demir Imeri bilan shartnoma imzolandi va endilikda ushbu o‘yinchi rasman jamoa a’zosiga aylandi.

imeri

Tanishing:

Demir Imeri. 1995 yilning 27 oktyabr sanasida Makedoniyaning Kisevo shahrida tavallud topgan. Hujumkor yarim himoyachi va qanotda ham to‘p suradi.

Futbolchi faoliyati davomida “Rabotnichki” (Makedoniya), “Shkendiya” (Makedoniya), “Xorizont” (Makedoniya), “Renova” (Makedoniya), “Kamza” (Albaniya), “Kemi Kings” (Finlyandiya), “Mosta” (Malta), “Olimpik Donetsk” (Ukraina),”Vlajniya” (Albaniya), “Egnatiya” (Albaniya) hamda “Atirau” (Qozog‘iston) klublarida to‘p surgan.

"Andijon" matbuot xizmati.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Musajon
11/02/2024 20:38
Ажаб эмас.Рубин Хэбайга ўхшаб яхши трансфер бўлса!