Rasman! Diyor Turopov "Neftchi" a’zosi!

  • 30 dekabr, 2022, 16:44
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Neftchi" yana bir transferni e’lon qildi. Bu safar yarim himoyachi Diyor Turopov bilan kelishuvga erishildi. Klub matbuot xizmati shunday yozadi:

"Bugun klub rahbariyati navbatdagi transferni amalga oshirdi. O‘tgan mavsumda "Navbahor" tarkibida to‘p surgan tajribali yarim himoyachi Diyorjon Turopov "Neftchi" bilan shartnoma imzoladi.

diyor1_5

Ma’lumot o‘rnida, Turopov o‘tgan mavsumning birinchi davrasini Toshkentning "Lokomotiv", ikkinchi qismini Namanganning "Navbahor" klublarida o‘tkazgan.

Superligada jami 21 ta o‘yinda maydonga tushib, 1526 daqiqa harakat qilgan va 2 ta gol kiritib, ikki golga assistentlik qilgan", - deyiladi "Neftchi" matbuot xizmati xabarida.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!