Rasman: Eldor Shomurodov "Istanbul Boshakshehir"ga to‘liq transfer qilindi

  • 22.04.2026 17:58
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

O‘zbekiston terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov "Roma"dan Turkiyaning "Istanbul Boshakshehir" klubiga to‘liq transfer qilindi.

Avvalroq rimliklar 30 yoshli futbolchini Turkiya klubiga ijaraga bergan va shartnoma doirasida uni sotib olish huquqi ham mavjud edi.

Jurnalist Nikolo Skira ma’lumotiga ko‘ra, "Istanbul Boshakshehir"  belgilangan shartlar bajarilgandan so‘ng Shomurodovni 2,8 million yevroga to‘liq sotib olgan.

Futbolchi bilan 2029 yil yoziga qadar shartnoma imzolangan. Shu bilan birga, “Roma” uning kelgusidagi sotuvidan 10 foiz ulush oladi.

Joriy mavsum Shomurodov Turkiya chempionatida 30 uchrashuvda maydonga tushib, 18 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. U to‘purarlar ro‘yxatida ikkinchi o‘rinda bormoqda. Birinchi o‘rindagi "Trabzonspor" forvardi Onuachuda 22 ta gol mavjud.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!