Rasman: Eldor Shomurodov Turkiya chempionati to‘purari!
Turkiya Superligasining joriy mavsumi o‘z nihoyasiga yetdi. “Istanbul Boshakshehir” safida harakat qilgan Eldor Shomurodov chempionat doirasida 34 ta uchrashuvda maydonga tushib, 22 ta gol kiritdi.
Ushbu natija orqali o‘zbekistonlik hujumchi “Oltin butsa”ni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi. U bilan bir xil — 22 tadan gol urgan “Trabzonspor” hujumchisi Pol Onauchu esa ikkinchi o‘rinni egalladi.
Ma’lumot uchun, futbolchi o‘tgan yozgi transferlar oynasida “Roma”dan “Boshakshehir” safiga kelib qo‘shilgan edi. Istanbuliklar mavsumni 57 ochko bilan 5-pog‘onada yakunladi.

Fikrlar