
Rasman! Fettel "Aston Martin" bilan shartnoma imzoladi
4 karra jahon chempioni Sebastyan Fettel "Ferrari" bilan amaldagi shartnomasini bekor qildi.
Endi germaniyalik poygachi "Reysing Poynt" jamoasi tarkibiga borib qo‘shiladi. Keyingi mavsumda ushbu jamoa nomi "Aston Martin"ga o‘zgartiriladi. Shartnoma muddati haqida hali batafsil e’lon qilinmadi. Biroq tomonlar uzoq yillik kelishuvga erishganligi aytilmoqda.
"Men oxir-oqibat kelajagim haqidagi ushbu ajoyib yangilikni baham ko‘rishdan baxtiyorman. 2021 yildan boshlab, "Aston Martin" a’zosi bo‘lishimni o‘ylasam xursandligim ortmoqda. Bu men uchun afsonaviy avtomobil kompaniyasi va yangi sarguzasht. Jamoaning bu yilgi natijalari hayratlanarli va tabiiyki, birgalikda bizning kelajagimiz porloq", - deya Fettel so‘zlarini keltirmoqda "Reysing Poynt" matbuot xizmati.
Fikrlar