Rasman! Flik Germaniyada qoladi

  • 7 dekabr, 2022, 23:40
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Germaniya terma jamoasining mundialdagi muvaffaqiyatsizligidan so‘ng murabbiy o‘zgarishi haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi. Ushbu lavozimga Tomas Tuxel kelishi mumkin edi. Ammo bu mish-mishlar o‘z tasdig‘ini topmadi va Flik terma jamoada qolishi aniq bo‘ldi.

Tecno

“Murabbiylar shtabi va men yurtimizda bo‘ladigan Evropa chempionatiga tayyorgarlik ko‘ramiz. Jamoa sifatida Qatarda ko‘rsatgan o‘yinimizdan ham ko‘proq narsaga erisha olamiz. Jahon chempionatida ajoyib imkoniyatni boy berdik. Bundan saboq olamiz”, - dedi Flik.

57 yoshli mutaxassis 2021 yildan beri Germaniya terma jamoasini boshqarib kelmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!