
Rasman! Fredrik Yungberg "Arsenal" murabbiylar shtabida ish boshladi
"Arsenal" klubi afsonalaridan biri Fredrik Yungberg rasman “kanonirlar” murabbiylar shtabida ish boshladi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
Unga ko‘ra 42 yoshli mutaxassis bundan buyon jamoa bosh murabbiyi Unai Emeriga assistent sifatida faoliyat olib boradi.
Eslatib o‘tamiz, Yungberg o‘tgan mavsum “Arsenal”ning (U23) yoshlar jamoasini boshqardi.
Ma’lumot uchun, Yungberg 1998-2007 yillarda “Arsenal” sharafini himoya qilgan va 216ta o‘yinda maydonga tushib, 46ta gol urishga erishgan.
Fikrlar