
Rasman! Hojimat Erkinov jamoasi RPLni tark etdi
"Torpedo" Rossiya premer-ligasidan chiqib ketdi. Moskva klubi pley-off yo‘llanmasi uchun matematik imkoniyatlarni ham boy berdi.
Kecha, 13 may kuni Xosep Klotet shogirdlari RPLning 27-turidan o‘rin olgan uchrashuvda TsSKAdan yirik 0:3 hisobida mag‘lub bo‘lishdi.
"Torpedo" 13 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalining so‘nggi pog‘onasida bormoqda. "Pari Nijniy Novgorod" futbol klubi joylashgan 14-o‘rindan farq o‘n ochkoni tashkil etadi va shu bilan birga, "Nijniy Novgorod" jamoasining o‘yini bor.
“Torpedo”ning uchta o‘yini bor: “Dinamo”, “Lokomotiv” va “Orenburg”ga qarshi. Ularning barisida yutgan taqdirda ham jamoa baribir oliy ligada qolmaydi.
Fikrlar