Rasman! Igor Shkvirin "Turon"dan ketdi
Xabaringiz bor,"Turon" jamoasi Superliganing 23-turi doirasida Toshkentning "Bunyodkor" klubiga imkoniyatni boy berdi.
Kuni kecha klub rahbariyati va murabbiylar shtabi vakillari ishtirokida navbatdan tashqari yig‘ilish bo‘lib o‘tdi va jamoa tomonidan qayd etilayotgan qoniqarsiz natijalar tanqidiy ko‘rib chiqildi.
Mazkur yig‘ilish yakunida, bosh murabbiy lavozimida ishlab kelayotgan Igor Anatolevich Shkvirin hohishiga ko‘ra iste’foga chiqarildi va klub bilan do‘stona xayrlashdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq murabbiyning o‘zi ham SPORTS.uz saytiga bergan intervyusida jamoa bilan xayrlashganini ma’lum qilgandi.

Fikrlar