
Rasman! "Inter" germaniyalik futbolchi bilan shartnomani uzaytirdi
Milanning “Inter” klubi matbuot xizmati o‘zining rasmiy saytida germaniyalik markaziy himoyachi Yann Bissek bilan shartnoma uzaytirilganini e’lon qildi. Unga ko‘ra, futbolchining "neradzurrilar" bilan yangi shartnomasi 2029 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.
Ma’lumot uchun, 23 yoshli futbolchi "Inter" safiga 2023 yilning yozida Daniyaning "Orxus" jamoasidan kelib qo‘shilgan edi. Joriy mavsumda Bisseka milanliklar safida jami 11 ta o‘yin o‘tkazdi.
Qayd etish lozimki, Yann Bissek Germaniya yoshlar terma jamoasi safida 8 ta o‘yin o‘tkazgan. Transfermarkt internet portaliga ko‘ra uning ayni damdagi transfer narxi 25 million evroni tashkil qiladi.
"Inter" ortda qolgan 12 tur natijalariga ko‘ra 25 ochko jamg‘arib, A Seriya turnir jadvalida 4- o‘rinda bormoqda. Musobaqa peshqadami "Napoli" hisobida esa 26 ochko bor.
Fikrlar