
Rasman! Isroil Madrimov va Mishel Soro jangini tashkil etish xuquqi uchun promouterlik savdosi kuni aniq bo‘ldi
Professional boksning super yarim o‘rta vazn toifasida (69,8 kg) WBA eliminator jangida ishtirok etgan Mishel Soro va Isroil Madrimov uchun revanshga buyruq berilgan edi. WBA tashkiloti ma’lumot berishicha, bahsni tashkil etish xuquqini qo‘lga kiritish uchun ochiq promouterlik savdosi 29 aprel kuni Zoom orqali onlayn tarzda o‘tkaziladi. Savdoda ishtirok etishning minimal miqdori 110 ming Aqsh dollar etib belgilangan va bokschilar o‘rtasida 50/50 miqdorda gonorar sifatida taqsimlanadi.
2021 yil 17 dekabr kuni Toshkentda bu ikki bokschilarning o‘zaro jangi natijasi saqlanib qolinadi. O‘shanda to‘qnashuvning 9-raundida hakam gong ovozini eshitmagan, shundan so‘ng Madrimov raqibga bir necha zarbalar yo‘llashi natijasida texnik nokaut qayd etilgan edi. Bundan norozi bo‘lgan Soro jamoasi tashkilotga revansh berilishini so‘rab murojaat qilgan edi.
Fikrlar