
Rasman! Jamshid Saidov "Qizilqum"dan ketdi
Qizilqum klubi Jamshid Saidov jamoani tark etganligini e’lon qildi.
"Qizilqum" jamoasi bosh murabbiyi Jamshid Saidov bilan tuzilgan mehnat shartnomasi o‘z yakuniga etdi. Mutaxassis jamoa rahbariyati bilan do‘stona xayrlashdi.
2023 - 2024 yillarda jamoamizda faoliyat olib borgan Jamshid Saidovga klub rahbariyati o‘z minnatdorchiligini bildiradi va keyingi faoliyatiga omad tilaydi", - deyiladi klub matbuoti xabarida.
Ma’lumot uchun, jamoa 2024 yilgi Superliga mavsumini 11-o‘rinda yakunladi.
Fikrlar