
Rasman: Jasur Jaloliddinov "So‘g‘diyona" futbolchisi!
Ma’lumki, ayni paytda yozgi transfer oynasi boshlandi. “So‘g‘diyona” ushbu davr mobaynida tarkibni bir nechta tajribali futbolchilar bilan kuchaytirishni maqsad qilgan. Klub matbuot xizmati dastlabki transferni e’lon qildi.
Bungacha Ozarbayjon chempionatida to‘p surgan iqtidorli yarim himoyachi Jasur Jaloliddinov bilan "So‘g‘diyona" klubi bir yarim yillik mehnat shartnomasini imzoladi.
Ma’lumot uchun: Jasur Jaloliddinov professional faoliyati davomida quyidagi klublar safida to‘p surgan:
▪️ Bunyodkor
▪️ Lokomotiv Moskva (Rossiya)
▪️ FK Tambov (Rossiya)
▪️ Andijon
▪️ Lokomotiv Toshkent
▪️ Qayrat (Qozog‘iston)
▪️ Olimpik
▪️ Neftchi
▪️ Sumgait (Ozarbayjon)
Shuningdek, Jasur O‘zbekiston U-19, U-21 va U-23 terma jamoalarida 40 dan ortiq o‘yin o‘tkazib, 11 ta gol muallifi bo‘lgan.
Milliy terma jamoa safida esa u ilk o‘yinini 2020 yil 23 fevral kuni Belarusga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida (0:1) o‘tkazgan.
Jasur U-23 jamoasi tarkibida 2024 yilgi Osiyo Kubogi finaliga qadar etib borib, Parij–2024 Olimpiadasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan.
Fikrlar