
Rasman! Jasur Yaxshiboev Evropa Chempionlar ligasida o‘ynaydigan klubga o‘tdi (foto)
Jasur Yaxshiboev faoliyatini "Sherif" jamoasi safida davom ettiradi.
Polshaning "Legiya" klubida o‘z o‘yinini topa olmagan legionerimiz Moldova chempionatiga ko‘chib o‘tdi. Bungacha Yaxshiboev "Paxtakor", AGMK, "Energetik-BGU", "Shaxtyor" Soligorsk kabi jamoalar sharafini himoya qilgan.
Eslatib o‘tamiz, ushbu klub Chempionlar ligasi guruh bosqichida "Real" va "Inter" kabi grandlar bilan bir guruhdan joy olgan.
Fikrlar