Rasman! Jek Uilsher sobiq klubi bilan shartnoma imzoladi

  • 18 yanvar, 2021, 21:27
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bornmut" o‘zining rasmiy saytida Jek Uilsher bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi.

Tecno

29 yoshli futbolchi jamoaga erkin agent sifatida kelib qo‘shilgan. U Chempionship vakili bilan mavsum oxirigacha shartnoma imzolagan. Aytish kerakki, Uilsher uchun "Bornmut" begona emas. U ushbu jamoada 2016/2017 yillarda ham o‘ynagan.

Jek Uilsher faoliyati davomida "Arsenal", "Bolton" va "Vest Xem" kabi jamoalarda to‘p surgan. Angliya terma jamoasida esa 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!