Rasman! Karlos Bakka La Liganing boshqa klubiga o‘tdi

  • 14 iyul, 2021, 12:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kolumbiyalik tajribali hujumchi Karlos Bakka "Granada"ga ko‘chib o‘tdi. Bu haqda ispan klubi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, tomonlar o‘zaro 2022 yilning yoziga qadar shartnoma imzolagan.

34 yoshli kolumbiyalik futbolchi iyun oyi oxirida "Vilyarreal" bilan shartnomasi yakunlangani sababli jamoani tark etdi. Bakka 2017 yildan beri "sariq suvosti kemasi" sharafini himoya qilib kelayotgan edi. U o‘tgan davr mobaynida “Vilyarreal” safida jami 145 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 43 golga mualliflik qildi.

Karlos faoliyati davomida "Sevilya", "Milan" va "Bryugge" klublarida ham o‘ynagan.

"Granada" o‘tgan mavsum La Ligada 9-o‘rinni egalladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!