Rasman! "Kattaqo‘rg‘on"ga rossiyalik mutaxassis bosh murabbiy etib tayinlandi

  • 27.05.2026 14:04
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Pro liga vakili hisoblangan "Kattaqo‘rg‘on" jamoasida bosh murabbiy o‘zgardi. Yangi mavsumga Yorqin Nazarov bosh murabbiyligida kirishgan jamoada endi boshqa mutaxassis - rossiyalik Yuriy Utkulbaev ish olib boradi. Shu tariqa, Nazarov iste’foga chiqarildi. 

Klub matbuot xizmati yangi murabbiy borasidagi rasmiy xabarni shunday e’lon qildi:

"Kattaqo‘rg‘on" rahbariyati rossiyalik tajribali mutaxassis bilan kelishuvga erishdi. Jamoa muxlislariga bosh murabbiy vazifasini endilikda Yuriy Utkulbaev bajarishini ma’lum qilamiz.

Karyerasining katta qismi Qozonning "Rubin" klubi bilan bog‘liq bo‘lgan mutaxassis 2016 yilni Qozog‘iston chempionatida ("Aktobe" ustozi sifatida) o‘tkazgan edi. Shuningdek, u "Neftekhimik" va KAMAZ jamoalari tizimida ham ishlagan.

Yuriy Anvarovichning "Kattaqo‘rg‘on"dagi faoliyatiga omad va zafarlar tilab qolamiz", - deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, bugun Yuriy Utkulbaev "Kattaqo‘rg‘on" bosh murabbiyi sifatidagi debut o‘yinini O‘zbekiston Kubogi doirasida "Paxtakor"ga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!