Rasman! La Ligada birinchi iste’fo
Ispaniya chempionatining yuqori divizionida ishtirok etayotgan “Ovedo” klubi rasmiy sayti orqali 48 yoshli serbiyalik bosh murabbiy Velko Paunovich iste’foga chiqarilganini e’lon qildi. Bu mutaxassis bilan birga uning shtabidagi barcha yordamchilari ham jamoani tark etdi.
- Klub Velko Paunovich va uning murabbiylar shtabiga professionallik, ishga yondashuv ap ko‘rsatgan layoqati uchun minnatdorlik bildiradi. Uning qo‘l ostida jamoa La Liga chiqdi, bu tarixiy natija va muxlislar xotirasida abadiy qoladi. Klub unga keyingi faoliyatida muvaffaqiyat tilaydi, - deyiladi “Ovedo” bayonotida.
Paunovich “Ovedo” shu yilning mart oyida qabul qilib olgan. Uning boshqaruvida jamoa 24 yillik tanaffusdan keyin Segundadan La Liga chiqqan edi. Biroq yuqori divizionda “Ovedo” sakkizta turdan faqat ikkitasida g‘alaba qozonib, qolganlariga yutqazgani Paunovich bilan shartnoma bekor qilinishiga sabab bo‘ldi.
Jamoani boshqa murabbiy – 46 yoshli ispaniyalik mutaxassis Luis Karrion qabul qilib oldi. Uning oxirgi ish joyi “Las-Palmas” jamoasi bo‘lib, bu klubni 2024 yilning 8 oktyabr kuni tark etgandi.



Fikrlar