
Rasman! “Latsio” “Liverpul” futbolchisini o‘z safiga qo‘shib oldi(foto)
Italiyaning “Latsio” jamoasi “Liverpul” yarim himoyachisi Lukas Leyvani o‘z tarkibiga qo‘shib olganini e’lon qildi.
Transferning moliyaviy tomonlari oshkor etilmadi. Goal nashrining yozishicha, esa transfer summasi 5 mln funtga teng,
Ma’lumot uchun, Leyva 2007 yildan buyon “qizillar” safida to‘p surib kelayotgan edi. 30 yoshli futbolchi “Liverpul” safida 350 ga yaqin o‘yinda maydonga tushib, Angliya Liga kubogini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lgan.
Fikrlar